Prezident Erdo‘g‘an Aytmatovning, Turkiya bilan Qirg‘izistonning umumiy qadriyati ekanini qayd etdi

Erdo‘g‘an va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Beshtepe Xalq kongressi va madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan navbatdagi (to‘rtinchi) Ching‘iz Aytmatov Xalqaro Issiq - Ko‘l forumining yopilish dasturida ishtirok etdilar.

1655762
Prezident Erdo‘g‘an Aytmatovning, Turkiya bilan Qirg‘izistonning umumiy qadriyati ekanini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Geografiyamizni manqurtlardan qanchalik qutqara olsak, kelajagimizga ana shunchalik ishonch bilan qarashimiz mumkin”, -  dedi.

Erdo‘g‘an va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Beshtepe Xalq kongressi va madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan navbatdagi (to‘rtinchi) Ching‘iz Aytmatov Xalqaro Issiq - Ko‘l forumining yopilish dasturida ishtirok etdilar.

Erdo‘g‘an unda so‘zlagan nutqida, tubi qadimga borib taqalgan qirg‘izlarning dunyo adabiyotiga qo‘shgan noyob ikki durdona asari borligini ta’kidladi.

“Ulardan birining o‘z sohasidagi dunyoning eng uzun matni xususiyatiga ega bo‘lgan Manas dostoni va doston qahramoni Manasdir. Ikkinchi durdona asar esa - Ching‘iz Aytmatov. Marhum Aytmatov asarlari bilan dunyo adabiyotining eng muhim qalamlari qatoridagi o‘rnini egallar ekan amalga oshirgan boshqa xizmatlari orqali  qirg‘iz xalqining bugungi kundagi milliy qahramoniga aylandi. /.../ Aytmatovni butun dunyo va albatta, eng avvalo biz, umumiy qadriyatimiz deb bilamiz.” - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Erdo‘g‘an ko‘p qirrali mutafakkir, adabiy va diplomatik shaxs bo‘lgan Aytmatovning ham dunyo adabiyoti ham da siyosiy tarixga olib kelgan eng mazmunli atamalaridan birining “manqurtlik” ekanini ta’kidlab o‘z nutqini:

“Insonning o‘ziga, oilasiga, jamiyatiga, millatiga, tarixiga, madaniyatiga xullas, ilgari ega va oid bo‘lgan hamma narsaga begonalik qilishi va hatto dushmanlik qilishi degan ma’noni anglatuvchi ‘manqurtlik’ aslida, ‘qullik’ deganidir. Unutilmas asari ‘Asrni qaritgan bir kun’ romanida tilga olingan ‘manqurt’ atamasi va buni izoh etish maqsadida qalamga olgan voqeani biz har fursatda uni rahmat ila yodga olish orqali foydalanyapmiz. Geografiyamizni manqurtlardan qanchalik qutqara olsak, kelajagimizga ana shunchalik ishonch bilan qarashimiz mumkin”, -  degan so‘zlar bilan yakunladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar