Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga 50 ming doza vaksina yubordi

Vaksinalar Turkiya sog’liqni saqlash vazirligiga oid tez yordam samolyoti vositasida kecha, 8 iyun kuni Turkiya vaqti bilan soat 22:20da Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Erjan aeroportiga yetkazildi.

1654410
Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga 50 ming doza vaksina yubordi

 

Turkiya koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ko’maklashish maqsadida Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga yana 50 ming doza Sinovac vaksinasini yubordi.

Vaksinalar Turkiya sog’liqni saqlash vazirligiga oid tez yordam samolyoti vositasida kecha, 8 iyun kuni Turkiya vaqti bilan soat 22:20da Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Erjan aeroportiga yetkazildi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi mutasaddilari Turkiyadan keltirilgan vaksinalarni qabul qilib oldi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya shu kungacha Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga jami 190 ming doza vaksina yuborgan.

 

 



Aloqador xabarlar