MMV: Do'st va ittifoq mamlakatlar terroristlarga yordam berishni bas qilishi kerak

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo'lganidek qo'shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1652879
MMV: Do'st va ittifoq mamlakatlar terroristlarga yordam berishni bas qilishi kerak

Milliy Mudofaa vazirligi PKK/ KJK/ YPG terror tashkilotining Iroqning shimolidagi Duhok shahrida Peshmerga kuchlariga qarshi uyushtirgan hujumlari orqali mintaqaning tinchligi va istiqboli oldidagi eng yirik to'siqlik ekanini yana bir bor isbotlaganini qayd etdi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, hujumda halok bo'lgan iroqliklarga rahmat, tan jarohati olganlarga shifo tilandi.

PKK/ KJK/ YPG terror tashkilotining Peshmerga kuchlariga qarshi hujum uyushtirgan holda mintaqa tinchligi va istiqboli oldidagi eng yirik to'siqlik ekanini yana bir bor isbotlagani qayd etilgan bayonotda, kurdlarni himoya qilish maqsadida uyushtirilmagan hujumning, terror tashkilotining kurdlar vakili bo'lolmasligini yaqqol ko'rsatgani ifoda etildi.

Milliy Mudofaa vazirligi bayonotini:

“PKK/ KJK/ YPG terror tashkilotining haqiqiy yuzining o'rtaga chiqishi, ayniqsa do'st va ittifoq mamlakatlarning ularga qurol – yaroq va oq – dori jihatidan yordam berishni bas qilishi kerak. Turkiya mintaqamizga notinchlik, qon va ko'z yoshidan boshqa hech narsa olib kelmagan bu qo'li qonli terror tashkilotini butunlay yo'q qilishga, kurashini terroristlarning hammasi yo'q qilingunga qadar davom etishda qarorlidir. Bu borada qo'shnilari bilan hamkorlik qilishga tayyordir. Har doim bo'lganidek qo'shnilarimizning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini hurmat qilib, terrorga qarshi kurashda har doim iroqli qardoshlarimizning yonidamiz va ularga yordam berishga tayyormiz”. – degan so'zlar bilan yakunladi.

 

 



Aloqador xabarlar