Erdo‘g‘an:"Istanbul kanalini qurish iyun oxirida boshlanadi"

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an mamlakat tarixidagi eng yirik infratuzilmaviy loyiha bo’lmish Istanbul kanalini qurish iyun oxirida boshlanishini ma'lum qildi.

1648519
Erdo‘g‘an:"Istanbul kanalini qurish iyun oxirida boshlanadi"

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an mamlakat tarixidagi eng yirik infratuzilmaviy loyiha bo’lmish Istanbul kanalini qurish iyun oxirida boshlanishini ma'lum qildi.

Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Erdo’g’an: “Iyun oxirida Istanbul kanali qurilishiga tamal toshi qo‘yamiz. Shubhasiz, bu megaloyihadan xavotirlanayotganlar ham topiladi. Biroq, bu bizni to‘xtata olmaydi”,-deya ta’kidlagan.

Uning aytishicha, ushbu loyihani amalga oshirish Istanbulning strategik ahamiyatini yanada oshiradi, chunki kanal orqali 6ta ko‘prik o‘tkaziladi, uning ikki tomonida yangi shaharlar paydo bo‘ladi.

Shuningdek, Turkiya yangi kanal yordamida o‘z eksporti hajmini 500 mlrd dollargacha yetkazishni maqsad qilmoqda.

Erdo‘g‘an Istanbul kanali qurilishi haqida 2011 yilda e'lon qilgandi. Kanal Istanbul shahrining g‘arbiy qismida quriladi va Qora dengiz hamda Marmara dengizlarini bir-biriga bog‘laydi. Kanal uzunligi 45 kmni tashkil qiladi. Loyihaning taxminiy qiymati 15–25 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin. 

Turkiya prezidentining ta'kidlashicha, kanal qurishdan asosiy maqsad Bosfor bo‘g‘ozi bo‘yida joylashgan tarixiy merosni saqlab qolish hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Istanbul kanali , #Turkiya

Aloqador xabarlar