Prezident Erdo‘g‘an: “Oxirgi 1 oyda 3 ta yangi quduqda yangi neft topdik”.

Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi Erdo‘g‘an Demokratiya va erkinliklar orolida partiyasining kengaytirilgan viloyat rahbarlari yig‘ilishida nutq so‘zladi.

1646903
Prezident Erdo‘g‘an: “Oxirgi 1 oyda 3 ta yangi quduqda yangi neft topdik”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Qora dengizda 405 milliard kub metr gaz topilgach, quruqlikdagi ishlarning ham natijalarini ola boshlaganliklarini belgilab o‘tgan holda,

“Oxirgi 1 oyda 3 ta yangi quduqda yangi neft topdik”. - dedi.

Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi Erdo‘g‘an Demokratiya va erkinliklar orolida partiyasining kengaytirilgan viloyat rahbarlari yig‘ilishida nutq so‘zladi.

O‘z so‘zida iqtisodiyotda bu yildan e’tiboran jiddiy tiklanish kutayotganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“Qora dengizda 405 milliard kub metr gaz topganimizdan so‘ng, quruqlikdagi ishlarimizning ham natijalarini ola boshladik. So‘nggi 1 oyda 3 ta yangi quduqda yangi neft topdik. " dedi.

Erdo‘g‘an,

“Turkiya neftlarining bu yilgi kundalik o‘rtacha ishlab chiqarish hajmi, so‘nggi 3 kashfiyotimiz bilan birga 61 ming barreldan oshdi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yangi konstitutsiya faoliyatlariga ham to‘xtalgan Prezident Erdo‘g‘an,

“Keng ko‘lamli murosa bilan yangi kostitutsiyani Turkiya Buyuk Millat Majlisida (TBMM) qabul qilib, xalqimiz fikriga taqdim eta olsak yaxshi bo‘lardi. Maqsadimiz Majlisdagi barcha partiyalarning yangi konstitutsiya faoliyatlarini konstruktiv, samarali va samimiy tarzda qo‘llab - quvvatlashidir”. - deya gapirdi.  



Aloqador xabarlar