Istanbul aeroporti Yevropa aeroportlari orasidagi liderligini saqlab qoldi

Istanbul aeroporti kecha yo‘lga qo‘ygan qatnovlari orqali Yevropa aeroportlari orasidagi liderligini saqlab qoldi.

1645514
Istanbul aeroporti Yevropa aeroportlari orasidagi liderligini saqlab qoldi

Istanbul aeroporti kecha yo‘lga qo‘ygan 633 qatnovi orqali Yevropa aeroportlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkiloti (EUROCONTROL) tomonidan tayyorlangan parvozlar harakati to‘g‘risidagi hisobotga ko‘ra Istanbul aeroporti kecha amalga oshirilgan 633 qatnov bilan Yevropadagi liderligini saqlab qolgan.

Istanbul aeroportidan keyingi o‘rinni 569 qatnovi bilan Frankfurt, 548 qatnovi bilan Amsterdam Schipol aeroportlari oldi.

Parijdagi Sharl de Goll aeroporti 497 qatnovi bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Kundalik 494 qatnovi bilan Madrid Barajas aeroporti ro‘yxatda beshinchi o‘rinni egalladi.



Aloqador xabarlar