Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon TIV rahbari Jayxun Bayramov bilan muloqot qildi

Muloqot chog‘ida xalqaro siyosiy masalalar, jumladan Isroil-Falastin mojarolari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, Tog’li Qorabog’da olib borilayotgan faoliyatlar ko’zdan kechirildi.

1641957
Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon TIV rahbari Jayxun Bayramov bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bugun, 19 may kuni Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini batafsil muhokama qildilar. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab sharoitda ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Muloqot chog‘ida xalqaro siyosiy masalalar, jumladan Isroil-Falastin mojarolari yuzasidan ham fikr almashildi. Shuningdek, Tog’li Qorabog’da olib borilayotgan faoliyatlar ko’zdan kechirildi.

Mavlud Chavusho’g’li va Jayxun Bayramov Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi munosabati bilan chuqur xavotirda ekanliklarini bildirdilar. Falastin - Isroil muammosi xalqaro huquq normalariga muvofiq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan avval qabul qilingan rezolyutsiyalar asosida tinch yo‘l bilan hal etilishi lozimligi qayd etildi.

Ozarbayjonning Daxlsizlar harakatiga (NAM) yetakchilik faoliyatlari va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlarining muloqoti har doimgidek o‘zaro ishonch ruhida, ochiq va do‘stona o‘tdi.

 



Aloqador xabarlar