Erdo’g’an Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan muloqot qildi

Prezidentlar suhbat chog'ida Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi munosabati bilan chuqur xavotirda ekanliklarini bildirdilar.

1640565
Erdo’g’an Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha, 16 may kuni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini batafsil muhokama qildilar. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab sharoitda ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida yetakchilar xalqaro siyosiy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Prezidentlar Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi munosabati bilan chuqur xavotirda ekanliklarini bildirdilar. Falastin - Isroil muammosi xalqaro huquq normalariga muvofiq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan avval qabul qilingan rezolyutsiyalar asosida tinch yo‘l bilan hal etilishi lozimligi qayd etildi.

Erdo’g’an Tel Aviv hukumatining Falastin xalqiga nisbatan zo’ravonligiga diqqat qaratib, xalqaro hamjamiyat Isroilga qarshi qat’iy chora ko’rishi zarurligini ta’kidladi.

Turkiya Isroil zo’ravonligiga qarshi munosabatini qat’iy ifoda etganligini aytgan Erdo’g’an, islom davlatlari ushbu vaziyat oldida bir yoqadan bosh chiqarishi zarurat ekanligini ta’kidladi.

Eslatish joizki, 10 maydan beri Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan raketa hujumlari oqibatida G‘azo sektorida 200ga yaqin kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq inson jarohatlandi. 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Eron , #Hasan Ruhoniy , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar