Turkiya Falastinni himoya qilish uchun xalqaro kuchlarni tashkil etishni taklif qildi

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li kecha, videoanjuman shaklida bo'lib o'tgan Islom hamkorlik tashkiloti yig‘ilishida aytib o‘tdi.

1640333
Turkiya Falastinni himoya qilish uchun xalqaro kuchlarni tashkil etishni taklif qildi

 

Turkiya Falastinning tinch aholisi himoyasini ta'minlash uchun xalqaro kuchlar tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li kecha, videoanjuman shaklida bo'lib o'tgan Islom hamkorlik tashkiloti yig‘ilishida aytib o‘tdi.  

“Xalqaro hamjamiyat Falastinning tinch fuqarolari xavfsizligini ta'minlash uchun javobgar. Bu javobgarlikning muhim qismi Islom hamkorlik tashkiloti zimmasidadir. Biz BMT Bosh assambleyasining 2018 yil iyundagi rezolyutsiyasiga ko‘ra, Falastinning tinch aholisini himoyalash xalqaro mexanizmini tashkil etish ustida ishlashimiz kerak. Bu tashabbus xalqaro kuchlar tashkil etish bilan birgalikda, tinch aholini himoya qilishni o‘z ichiga olishi kerak”, dedi Chavusho‘g‘li o‘z nutqida. 

Uning ta'kidlashicha, Falastin masalasi bo’yicha bir yoqadan bosh chiqarish va jur'atli bo‘lish vaqti yetib keldi.

“Islom olami bizdan peshqadam bo‘lishimizni kutmoqda va Turkiya barcha zarur qadamlarga tayyor”,-deb qo‘shimcha qilgan Turkiya tashqi ishlar vaziri.

10 may kunidan boshlab Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashdi. O‘shandan beri ikki tomon bir-biriga zarbalar berib kelmoqda. Isroil zarbalari oqibatida shu kungacha 192 kishi halok bo'ldi. Ulardan orasida ko'plab yosh bolalar va ayollar ham bor.

Keskinlashuvga Isroil Quddusning Shayx Jarroh dahasidan falastinlik oilalarni chiqarib yuborish qarori sabab bo‘lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar