Turkiya Isroil hujmiga qarshi xalqaro hamjamiyatni cho‘ra ko‘rishga chaqirdi

Tashqi Ishlar vazirligining qayd etishicha Turkiya Isroil hujmiga qarshi xalqaro hamjamiyatni cho‘ra ko‘rishga chaqirdi.

1639357
Turkiya Isroil hujmiga qarshi xalqaro hamjamiyatni cho‘ra ko‘rishga chaqirdi

Turkiya Isroilning G‘azoga qarshi tank va to‘p otishlarini boshlatgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan olganini ifoda etgan holda, hujumning tezlik bilan to‘xtatilishi uchun xalqaro hamjamiyatni cho‘ra ko‘rishga chaqirdi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroilning G‘azoga qarshi havo hujumlarida tinch aholi orasida halok bo‘lganlar sonida jadal o‘sish qayd etilgani, Birlashgan Millatlar Tashkilotining falastinlik muhojirlarga yordam berish agentligiga qarashli maktablarning ziyon ko‘rgani va mintaqada xizmat qilgan Anado‘lu axborot agentligi operatori bilan fotomuxbirining tan jarohati olgani yodga solindi.

Bu vaziyatning Isroilning nomutanosib, hammani va har bir nuqtani bir xil nishonga olgan hujumlarini o‘rtaga qo‘ygani qayd etilgan bayonotda, Isroilning G‘azoga qarshi tank va to‘p otishlarini boshlatgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan olganini ifoda etgan holda tinch aholi orasida halok bo‘lganlar sonining yana - da ortishiga yo‘l ochadigan bu hujumlarning darhol to‘xtatilishi uchun xalqaro hamjamiyat tezlik bilan chora ko‘rishga chaqirildi.

Vazirlik bayonotida:

“Isroil hujumlarida jon bergan falastinlik qardoshlarimizga Xudodan rahmat, tan jarohati olganlarga shifo tilab, AA xodimlariga tez orada sog‘ayib ketishlarini tilab qolamiz. Turkiya, bu haqli kurashida Falastin xalqining yonida o‘rin olishni davom etadi”. - deyildi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil hujmi , #Turkiya , #xalqaro hamjamiyat

Aloqador xabarlar