Faxrettin Altun: “Falastin uchun xalqaro maydonda kurashishni davom etamiz”.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchisi Faxrettin Altun bilan Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin ijtimoiy tarmoq orqali Isroilning ishg‘olchi harakatlariga e'tibor qaratdi.

1639276
Faxrettin Altun: “Falastin uchun xalqaro maydonda kurashishni davom etamiz”.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchisi Faxrettin Altun,

“Falastin uchun xalqaro maydonda kurashishni davom etamiz”. - dedi.

Altun Isroil armiyasining qamal ostidagi G‘azo sektorida quriqlikdan amaliyot boshaltishi haqida ijtimoiy tarmoq hisobi orqali shunday dedi:

“Isroil qatliomlari va terror harakatlarini uzluksiz davom ettirmoqda. Ishg‘olchi Isroil, uzoq yillardan beri nohaq ravishda har qanday inson huquqini oyoq - osti qilib, qurshab olgan G‘azoga qarshi endilikda quriqlikdan amaliyot boshlatmoqda.

Falastin uchun xalqaro maydonda kurashishni davom etamiz. Isroilning bu huquqni tan olmagan munosabatining bas qilinishi uchun kerak bo‘lgan har qanday chorani ko‘ramiz. Kurashimiz, Falastin butunlay erkinlikka erishgunga qadar davom etadi. Bu huquqni tan olmaslik va ishg‘ol, tezlik bilan to‘xtaishi shart”.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin esa Twitter hisobi orqali mavzu haqida bergan bayonotida:

“Isroilning hujumlari yangi qatliomlarning xabarchisidir. Isroilning huquqni tan olmagan va ishg‘olchi munosabatiga qarshi butun dunyoni tezlik bilan javobgarchilik olishga chaqiramiz. Turkiya Falastin xalqining yonida bo‘lishni davom etadi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

 



Aloqador xabarlar