Turkiyada 17 maydan so'ng odatiy hayot tarziga qaytish boshlanadi

Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an Ramazon oyi yakunlanishi munosabati bilan qilgan telemurojaatida ma’lum qildi.

1638696
Turkiyada 17 maydan so'ng odatiy hayot tarziga qaytish boshlanadi

 

Turkiyada 17 may kuni lokdaun tugaganidan so‘ng odatiy hayot tarziga qaytish boshlanadi.

Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an Ramazon oyi yakunlanishi munosabati bilan qilgan telemurojaatida ma’lum qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, hukumat epidemiyani nazoratga oldi va Ramazon oyi tugashi bilan odatiy hayot tarziga qaytishni boshlash uchun qadam tashlaydi.

Erdo’g’anning so’zlariga ko’ra, pandemiyadan o‘tgan yil oxirigacha qutulish rejalashtirilgandi, ammo uning yangi to‘lqinlari butun dunyoga ta'sir ko‘rsatdi va shu bois yangi cheklovlar kiritishga to‘g‘ri keldi. Hukumat pandemiya sababli aholi duch kelayotgan muammolardan xabardor va bu muammolarni bartaraf etishga tayyor.

Turkiyada fevraldan buyon koronavirusdan kunlik kasallanish holatlari soni 60 minggacha ko’paygandi. Aprel oxiridan boshlab kuniga rekord darajada o’lim holatlari qayd etilgandi.  Shu sababli mamlakatda mahalliy aholi uchun 29 apreldan 17 maygacha lokdaun joriy etilgandi.



Aloqador xabarlar