Turkiya Tatariston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Qozon shahrida sodir etilgan otishmada ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Tatariston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

1638035
Turkiya Tatariston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Qozon shahrida sodir etilgan otishmada ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Tatariston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

“Rossiya Federatsiyasiga qarashli Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahridagi maktablardan birida sodir etilgan otishmada afsuski ko’plab o’quvchilar va o’qituvchining halok bo’lganligidan boxabar bo’ldik. Ushbu fojiali voqeada halok bo’lganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Yaradorlarga shifo tilaymiz. Do’st va qardosh Tatariston hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya izxor etamiz”,-deyiladi hamdardlik matnida.

Eslatish joizki, bugun, 11 may kuni Tatariston poytaxti Qozon shahridagi 175-sonli maktabga qurollangan ikki nafar yigit bostirib kirgan va o‘quvchilarni o‘qqa tuta boshlagan.

Maktabdagi otishmadan keyin 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ularning 12 nafari bolalar. To‘rt kishi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Dastlab, hodisa natijasida 9 kishi halok bo‘lgani aytilgandi. Ulardan 8 nafari o’quvchilar va 1 nafari o’qituvchi ekani aytilgandi. Ko’p o’tmay qurbonlar soni 11 nafarga yetgani ma’lum qilindi.

Hodisa joyidan tarqalgan kadrlarda bolalar otishma vaqtida qochish uchun maktab oynasidan sakragani ko‘rinadi.

Tataristan Respublikasi bosh prokurori Ildus Nafikov hodisa joyiga yetib borgan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo’zg’atilgan. Tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Qozon , #hamdardlik , #Tatariston , #Turkiya

Aloqador xabarlar