Prezident Erdo‘g‘an: “Misr xalqi bilan tarixiy birlikni qayta tiklash payidamiz”.

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda, Turkiya - Misr munosabati va Covid - 19 vaksinalari ustidagi intellektual mulk huquqi haqida bayonot berdi.

1636085
Prezident Erdo‘g‘an: “Misr xalqi bilan tarixiy birlikni qayta tiklash payidamiz”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Misr xalqi bilan tarixiy birlikni qayta tiklash payidamiz”. - dedi.

Erdo‘g‘an Istanbulda bergan bayonotida:

"Misr xalqi bilan turk millatining munosabati tarixga borib taqaladi. Shu bois ham Misr xalqiga bo‘lgan ko‘z qarashimiz nihoyatda ijobiy tusda. Shuningdek Misr xalqi bilan dushman birodarlardek emas balki, do‘st sifatida bu ittifoqni qayta tiklash payidamiz". - deya gapirdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Tashqi Ishlar vazirining o‘rinbosari Sedat O‘nal bilan Misr Tashqi Ishlar vazirining o‘rinbosari Hamdi Sonad Loza boshchiligidagi hay’atlar o‘rtasida Qohirada ikki kun davom etgan Turkiya - Misr uchrashuvlarini yodga solgan holda,

“Yangi jarayon boshladi va bu jarayonni kengaytirishni davom etamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Covid - 19 vaksinalari ustidagi intellektual mulk huquqi haqida esa,  

“Bilim - bu butun insoniyatning umumiy mulki va ilm - fanda hasad yo‘q. Bu borada, ayniqsa insoniyat salomatligi bilan bog‘liq bir mavzuda (emlash), buni biz ishlab chiqardim va hechkimga bermayman degan tushuncha noto‘g‘ri yondashuvdir.” - dedi.

 

 



Aloqador xabarlar