Chelik: Qatliom so‘zini xalqimiz, davlatimiz va tariximiz uchun ishlatilishini aslo qabul qilmaymiz

O‘mer Chelik kecha partiya bosh qarorgohida Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligidagi Markaziy qaror va ijroiya kengashi yig‘ilishi davomida bayonot berdi.

1629779
Chelik: Qatliom so‘zini xalqimiz, davlatimiz va tariximiz uchun ishlatilishini aslo qabul qilmaymiz

Adolat va taraqqiyot partiyasi (Ak Parti) Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelikning Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat rahbari Jo Baydenning 1915 - yilgi voqealarni “qatliom” deb ta’riflashi haqida,

“Qatliom so‘zining xalqimiz, davlatimiz va tariximiz uchun ishlatilishini aslo qabul qilmaymiz. Buni ishlatganlarni keskin qoralaymiz. Bu har doim lanatlanadigan ahvoldir. Mas’uliyatsiz, huquqiy asosi yo‘q, hech qaysi tarixiy haqiqatlarga tayanmagan yo‘ndashuvdir”. - dedi.

Chelik kecha partiya bosh qarorgohida Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligidagi Markaziy qaror va ijroiya kengashi yig‘ilishi davomida bayonot berdi.

O‘mer Chelik unda 1915 - yilgi voqealar masalasida AQShda, ham Demokrat partiya ham da respublikachilar jihatidan davom ettirilgan an’anaviy siyosatning birinchi marotaba amerikalik bir rahbar tomonidan tark etilganini qayd etdi.

Na tarixiy na huquqiy asosga tayangan bir vaziyatga duch kelinganini yodga solgan Chelik, bu siyosatlarning diasporadagi arman mutaassib guruhlarning butunlay garoviga aylanganiga e’tibor qaratdi.

Bu guruhlarning Armaniston siyosatlaridan tashqari boshqa bir necha davlatdagi siyosatni ham garovga olganliklarini ta’kidlagan O‘mer Chelik, birinchi marotaba bir AQSh rahbarining mana shunday mutaassib guruhga taslim bo‘lganiga guvoh bo‘lganliklarini ifoda etdi..  

Siyosat va diplomatiyaning tarixni sudga tortish sohasi emasligini ta’kidlagan Chelik,

“Tarixni yukka aylantirish uchun hech qanday say - harakat, hech qanday g‘ayratga ehtiyoj yo‘q. U judayam qulay ishdir. Bu yerda afsuski, siyosat va diplomatiyaning nima uchun borligi sababini ham tark etgan tor ko‘z qarashga duch kelganimizni ko‘rib turibmiz”. - dedi.

Turkiyaning bu borada ehtiyotkor munosabatda ekanini ta’kidlagan va 1948 - yildagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qatliom jinoyatlarining barvaqt oldini olish va unga qo‘l urganlarning jazolantirilishi shartnomasiga 1950 - yildan beri taraf ekanini yodga solgan Chelik, 1915 - yilgi voqealarda qatliom deb ifoda etiladigan hech qanday mazmun va natija o‘rin olmaganini va buning aniq, ochiq va oydin o‘rtaga qo‘yilganini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar