Altun: AQShdagi arman terroristning ozod etilishi yangi ekstremistlarni jasoratlantiradi

Altun, Turkiyaning Los Anjeles Bosh konsulini shahid qilgan arman terroristning ozod etilishi va tarixiy voqealar ustidan noto‘g‘ri qabul qilingan qarorlarning nimalarga yo‘l ochishi mumkinligini qayd etdi.

1629194
Altun: AQShdagi arman terroristning ozod etilishi yangi ekstremistlarni jasoratlantiradi

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchisi Faxrettin Altun Amerika Qo‘shma Shtatlarida (AQSh) Turkiyaning Los Anjeles Bosh konsulini shahid qilgan arman terroristning ozod etilishi va tarixiy voqealar ustidan noto‘g‘ri qabul qilingan qarorlarning ekstremistlar jasoratiga kuch qo‘shganini ifoda etdi.

Altun ijtimoiy tarmoq hisobi orqali ingiliz tilida qoldirgan postida AQShda, ekstremist bir guruh arman tomonidan Ozarbayjon bayrog‘i kiydirilgan bir modelning osilgan holatda o‘ldirilishi tasvirining xursandchilik bilan qarshi olingani va ozarbayjonliklar ochiq - oydin tahdid qilingan namoyishning ham bu harakatning natijalari ekanini qayd etdi.

Faxrettin Altun,

“Turkiyaning Los Anjeles Bosh konsulini 1982 - yili shahid qilgan arman terrorist Hampig Sasunyan o‘tgan oyda ozodlikka chiqarildi. Bu qotillarning jazosiz qolishi, faqatgina yangi avlod ekstremist tarafdorlarini jasoratlantirishiga xizmat qiladi deb ogohlantirgandik.  

Tarixni buzish, AQShda yashagan ozarbayjonliklarni tagdid qilish arman ekstremistlar kuchiga - kuch qo‘shmoqda. Bu ketishdan xavotir olib, barcha tahdidlarga qarshi Ozarbayjonning yonida ekanimizni ifoda etmoqchimiz. Shuningdek,  AQSh rasmiylarini kerakli chorani ko‘rishga chaqiramiz. Arman terroristlar tomonidan shahid qilingan diplomatimiz haqidagi ko‘rgazmamizni 1 - maygacha Los Anjelesda tomosha qilishingiz mumkin”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar