Mavlud Chavusho'g'li BAA tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Tomonlar butun musulmon olami uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi munosabati bilan bir-birlarini tabriklashgan. Shuningdek, ikki davlatning xalqiga chuqur hurmat-ehtirom bildirilib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

1626809
Mavlud Chavusho'g'li BAA tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li BAA tashqi ishlar vaziri Abdulloh bin Zayid Al Nahyon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko'ra, tomonlar butun musulmon olami uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi munosabati bilan bir-birlarini tabriklashgan. Shuningdek, ikki davlatning ko‘p millatli xalqiga chuqur hurmat-ehtirom bildirilib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #BAA , #Turkiya

Aloqador xabarlar