Turkiya Respublikasi vazirlar kengashi tarkibiga o'zgartirish kiritildi

Turkiya Respublikasi vazirlar kengashi tarkibi o’zgartirildi. Bu haqdagi prezident qarori bugun, 21-aprel kuni rasmiy gazetada chop etildi.

1625403
Turkiya Respublikasi vazirlar kengashi tarkibiga o'zgartirish kiritildi

 

Turkiya Respublikasi vazirlar kengashi tarkibi o’zgartirildi.

Bu haqdagi prezident qarori bugun, 21-aprel kuni rasmiy gazetada chop etildi.

Qarorga binoan, Turkiya savdo vaziri Ruxsar Pekjanning lavozimiga chek qo’yildi, o’rniga Mehmet Mush Turkiya Respublikasi savdo vaziri etib tayinlandi.

Shuningdek, Oila, mehnat va ijtimoiy xizmatlar vazirligi Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi hamda Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vazirligi sifatida ikkiga bo’lindi.

Ushbu o’zgarishdan so’ng, Oila, mehnat va ijtimoiy xizmatlar vaziri Zehra Zumrut Selchuk lavozimdan mahrum bo’ldi.

Yangi tashkil etilgan Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligiga Derya Yanik, Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vazirligiga esa Vedat Bilgin rahbar etib tayinlandi.

Prezident qaroriga muvofiq, Turkiya Respublikasi vazirlar kengashi tarkibidagi vazirlar soni 17 nafarga yetdi.



Aloqador xabarlar