Mavlud Chavusho’g’li:"Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul anjumani keyinga qoldirildi"

“Delegatsiyalarni uyushtirish va tayyorgarlik jihatidan olib qaralganda, anjumanni keyinga qoldirish mantiqli deb topildi. Qatar, AQSh va BMT bilan maslahatlashdik. Anjumanni Ramazon bayramidan keyin 15-mayga qoldirishga qaror qildik”,-dedi TIV rahbari.

1625191
Mavlud Chavusho’g’li:"Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul anjumani keyinga qoldirildi"

 

Afg‘onistondagi tinchlik jarayoni bo‘yicha aprel oyi oxirida Istanbulda o‘tkazilishi rejalangan xalqaro anjuman keyinga qoldirildi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li xususiy telekanalga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Bunga “Tolibon” vakillarining anjumanda ishtirok etishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan. 

“Agar Tolibon qatnashmasa, anjumanni o’tkazishdan foyda yo’q. Hozirda delegatsiyalarni uyushtirish va ishtirok etadiganlarning ro’yxati aniq bo’lmaganligi uchun anjumanni keyinga qoldirishga qaror qildik. Tomonlar o’zaro kelishgan holda shu to’xtamga keldik”,-dedi Mavlud Chavusho’g’li.

Vazirning ta’kidlashicha, mazkur anjuman Ramazon bayramidan keyinga ko’chirilgan.

“Delegatsiyalarni uyushtirish va tayyorgarlik jihatidan olib qaralganda, anjumanni keyinga qoldirish mantiqli deb topildi. Qatar, AQSh va BMT bilan maslahatlashdik. Anjumanni Ramazon bayramidan keyin 15-mayga qoldirishga qaror qildik”,-deb qo’shimcha qilgan Turkiya TIV rahbari.

Ma’lumotga ko’ra, rasmiy ochilishi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan amalga oshiriladigan anjumanga 21ta davlat, jumladan, O‘zbekiston ham taklif qilingandi.

Shuningdek, 3 ta xalqaro tashkilot hamda Afg’oniston hukumati va Tolibon vakillari qatnashishi rejalangandi.

Eslatish joizki, 24 apreldan 4 maygacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan Istanbuldagi anjumanga Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” vakillari taklif qilingandi. Biroq, toliblar Afg‘onistondan barcha xorijiy kuchlar olib chiqib ketilmaguncha, Afg‘oniston bo‘yicha qarorlar qabul qilinadigan birorta anjumanda ishtirok etmasliklarini ma’lum qilgandi.   


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Istanbul anjumani , #Turkiya

Aloqador xabarlar