Turkiya tashqi ishlar vazirligiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Bayonotga ko’ra, Tanju Bilgich Turkiya tashqi ishlar vazirligining yangi matbuot kotibi etib tayinlandi. Avval ushbu lavozimni Hami Akso’y boshqargandi.

1624874
Turkiya tashqi ishlar vazirligiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

 

Turkiya tashqi ishlar vazirligiga yangi matbuot kotibi tayinlandi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligining Axborot bosh boshqarmasi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Tanju Bilgich Turkiya tashqi ishlar vazirligining yangi matbuot kotibi etib tayinlandi.

Avval ushbu lavozimni Hami Akso’y boshqargandi.

Tanju Bilgich Anqara Universiteti Siyosiy bilimlar fakultetini bitirgan bo’lib, u 1995 yilda Tashqi ishlar vazirligida faoliyat ko’rsata boshlagan.

U 2014-2016 yillarda Turkiya tashqi ishlar vazirligining Axborot bosh boshqarmasi rahbarining o’rinbosari lavozimida mehnat qilgan. 2016-2021 yillarda esa Turkiyaning Belgraddagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimini egallagan.

Tanju Bilgich shu kungacha Bosniya-Gersegovina, Daniya, Fransiya va Rossiyadagi Turkiya vakolatxonalarida faoliyat ko’rsatgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Tanju Bilgich

Aloqador xabarlar