Turkiya Asad rejimining kimyoviy quroldan foydalanishiga e’tiroz bildirdi

Tashqi Ishlar vazirligi, Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining Tergov va aniqlash guruhi tomonidan Suriyadagi kimyoviy qurol hujumlari haqida 12 - aprel kuni tayyorlagan ikkinchi hisoboti haqida yozma ravishda bayonot berdi.

1620950
Turkiya Asad rejimining kimyoviy quroldan foydalanishiga e’tiroz bildirdi

Turkiya Suriyada rejim kuchlarining kimyoviy quroldan foydalanishiga e’tiroz bildirgan holda, hujum javobgarlarining jazosiz qolmasligini talab qildi.

Tashqi Ishlar vazirligi, Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining Tergov va aniqlash guruhi tomonidan Suriyadagi kimyoviy qurol hujumlari haqida 12 - aprel kuni tayyorlagan ikkinchi hisoboti haqida yozma ravishda bayonot berdi.

Hisobot orqali 2018 - yilning 4 - fevrali kuni Serakibda yuz bergan xlorli gaz hujmining, Asad rejimi kuchlari tomonidan yo‘lga qo‘yilganining aniqlangani qayd etilgan bayonotda,  

“Tergov va aniqlash guruhi, bir kimyoviy qurol hujmida yana rejimning javobgarchiligini o‘rtaga qo‘ydi”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bayonotda, kimyoviy quroldan foydalanishning Kimyoviy qurol shartnomasining og‘ir paymoli bo‘lishdan tashqari insoniyatga qarshi jinoyat va urush jinoyati ekani belgilab o‘tilgan holda, quyidagilar qayd etildi:

“Bu orqli xalqaro huquqni dahshatli ravishda paymol qilgan nomi tilga olingan hujumlarning javobgarlari jazosiz qolmasligi kerakligi haqidagi talabimizni takrorlaymiz. Turkiya, Birlashgan Millatlar va Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti bosh bo‘lish bilan birga Suriyada javobga tortilishning ta’minlanishi ustida yuritilgan say - harakatlarni qo‘llab - quvvatlashni davom etadi”.

Eslatib o‘tamiz:

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining hisobotida, Asad rejimining Serakibda uyushtirgan havo hujmida kamida bitta silindir bombasidan foydalangani, bombaning  zarin gazi yoygani va keng maydonga ta’sir qilgani qayd etilgandi.



Aloqador xabarlar