Izmirning Dikili tumanida chorasiz qolgan muhojirlar qutqarildi

Izmirning Dikili tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada chorasiz qolgan 64 nafar muhojir qutqarildi.

1617054
Izmirning Dikili tumanida chorasiz qolgan muhojirlar qutqarildi

Turkiyaning Izmir viloyatiga qarashli Dikili tumanida, Gretsiyaning Sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan turk hududiy suvlariga itarilgan 64 nafar muhojir quriqlikka olib chiqildi.

Tuman qirg‘og‘idan uzoq nuqtada, puflangan qayiqda bir guruh muhojir borligi haqidagi ma’lumot ortidan Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligi qayig‘i yo‘lga chiqdi.

Gretsiya unsurlari tomonidan turk hududiy suvlariga itarilgani aniqlangan puflangan qayiqdagi 64 muhojir qutqarildi.

Quriqlikka olib chiqilgan muhojirlar, kerakli protsedura ortidan Migratsiya idorasiga yuborildi.



Aloqador xabarlar