TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

TQKning terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1611775
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriyada, “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan mintaqada PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan mintaqada tinch va xavfsiz muhitning buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan, qo‘yilmaydi ham.

Bayonotda, mintaqaga qarshi ig‘vogar tusda o‘q uzgan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 3 terroristning, qo‘mandonlar tomonidan yo‘q qilingani qayd etildi.

Suriyaning shimolida Azez va Jarablus tumanlari orasida qolgan va o‘z nomini “Firot qalqoni amaliyoti”dan olgan mintaqa, 2017 - yilning mart oyida Turk Qurolli kuchlari bilan Suriya Milliy armiyasi unsurlari yordamida terrordan tozalangandi.

Tunjelida ham “Eren - 7 Munzur” amaliyotida terroristlar tomonidan foydalanilgan 2 ta g‘or yo‘q qilindi.

Shahar chetida uyushtirilgan amaliyot chog‘ida g‘orlarda tintuv ishi olib borildi va natijada ko‘plab ro‘zg‘or buyumlari topildi.

Xavfsizlik xodimlari, mintaqadagi terroristlarni yo‘q qilish maqsadida o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqda.



Aloqador xabarlar