Mardinda qizil va toq sariq rangdagi kategoriyada qidirilgan terroristlar yo‘q qilindi

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda.

1611932
Mardinda qizil va toq sariq rangdagi kategoriyada qidirilgan terroristlar yo‘q qilindi

Turkiyaning Mardin viloyatida yo‘q qilingan 6 terroristdan birining, qidiruvdagi shaxslar ro‘yhatining “qizil” rangidagi kategoriyasida o‘rin olgan PKK terror tashkilotining Mardindan mas’ul a’zosi ekani aniqlandi.  

Ichki Ishlar vazirligi “Eren - 5” amaliyoti doirasida kecha Mardinda yo‘q qilingan 6 terrorist orasida, “qizil” kategoriyada qidirilgan PKK terror tashkilotining Mardindan mas’ul a’zosi Hasan Mahmudiy va “toq sariq” rangdagi kategoriyada qidirilgan va Mardinning Bagok sohasidan mas’ul a’zosi Teyyup Chamning topilganini ma’lum qildi.

Qizil kategoriyadagi terroristning, terror tashkiloti to‘daboshi Murat Karayilanning tansoqchiligi vazifasini bajargani ham aniqlandi.

Bayonotda, “Terroristlarning yo‘q qilinishi bilan shahidlarimiz va tan jarohati olganlarimizning qoni yerda qolmadi”. - degan ifodalarga o‘rin berildi va yo‘q qilingan boshqa terroristlarning kim ekanligini aniqlash ishlarining davom etgani qayd etildi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mardin , #Eren-5 , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar