TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

TQKning terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1611289
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turkiyaning Shirnak va Siirt viloyatlarida 1317 personal ishtirokida “Eren - 12 Güleşli” amaliyoti boshlatildi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra PKK terror tashkilotini mamlakat kun tartibidan butunlay chiqarish va mintaqada aniqlangan terroristlarni yo‘q qilish maqsadida Shirnak va Siirtda, “Eren - 12 Güleşli” amaliyoti boshlatilgan.

Unda 1317 personal ishtirok etmoqda.

Undan tashqari qo‘shni davlatlarda olib borilgan amaliyotlar natijasida Suriyada, “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan mintaqaga sizib kirishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga oid 2 terrorist yo‘q qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Firot qalqoni , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar