Erdo'g'an Turkiy Kengash bosh kotibi Bag’dod Amreyevni qabul qildi

Prezident Erdo’g'an ertaga 31 mart kuni bo'lib o'tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) norasmiy sammiti oldidan Turkiy Kengashi Bosh kotibi Bag’dod Amreyevni qabul qildi.

1611411
Erdo'g'an Turkiy Kengash bosh kotibi Bag’dod Amreyevni qabul qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiy Kengash bosh kotibi Bag’dod Amreyevni qabul qildi. Uchrashuv Anqarada prezident saroyida bo’lib o’tdi.

Ma’lumki, ertaga 31 mart kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) norasmiy sammiti bo’lib o’tadi. Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammiti koronavirus pandemiyasi sababli videoanjuman shaklida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Ushbu sammitda Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Erdo’g'an mazkur sammit oldidan Turkiy Kengashi Bosh kotibi Bag’dod Amreyevni qabul qildi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston tashabbusi bilan chaqirilayotgan bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvda Turkiy kengash doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Avvalroq sammitda kengashga a'zo davlatlar – O‘zbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston rahbarlari va tashkilotda kuzatuvchi davlat maqomiga ega bo‘lgan Vengriya bosh vaziri ishtirok etishi ma'lum qilingandi. 

Sammit yakunida Turkiston shahri turk olamining ma'naviy poytaxti deb e'lon qilinishi haqidagi deklaratsiya imzolanishi kutilmoqda.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yil 3 oktyabrda tuzilgan. Hozirda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ushbu kengash a'zolari hisoblanadi. Vengriya tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.



Aloqador xabarlar