Bugun Erdo'g'an raisligida Turkiya Milliy xavfsizlik kengashi yig'ilishi bo'lib o'tadi

Yig’ilishda Egey va Sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar, Kiprdagi o’zgarishlar, Turkiya qurolli kuchlarining Ozarbayjon, Liviya va Suriyadagi faoliyatlari, terrorizm va ekstremist guruhlarga qarshi kurash kabi strategik masalalar muhokama qilinadi.

1611032
Bugun Erdo'g'an raisligida Turkiya Milliy xavfsizlik kengashi yig'ilishi bo'lib o'tadi

 

Bugun Prezident Erdo’g’an raisligida Turkiya Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashining kengaytirilgan hay'at yig'ilishi bo'lib o'tadi.

Yig’ilishda Egey va Sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar, Kiprdagi o’zgarishlar, Turkiya qurolli kuchlarining Ozarbayjon, Liviya va Suriyadagi faoliyatlari, shuningdek terrorizm va ekstremist guruhlarga qarshi kurashish kabi strategik masalalar muhokama qilinadi.

Tog’li Qorabog’da sulh bitimi ijrosini kuzatish va nazorat qilish maqsadida 30 yanvarda tashkil etilgan Turkiya-Rossiya qo’shma markazi faoliyatlari ham yig’ilish kun tartibiga kiritilgan. Bundan tashqari, Suriyada oxirgi paytlarda ro’y berayotgan o’zgarishlar hamda Liviyadagi vaziyat ko’zdan kechirilishi rejalangan.

Turkiya va Gretsiya o’rtasida Egey va Sharqiy O’rta yer dengizidagi kelishmovchiliklarni hal qilish maqsadida olib borilayotgan muzokaralarning bugungi holati ko’rib chiqiladi. Qolaversa, Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Sharqiy O’rta yer dengizidagi manfaatini himoya qilish kabi xususlar yig’ilish kun tartibining eng ustuvor masalalaridan biri hisoblanadi.

Ayniqsa, PKK/KJK va PYD/YPG kabi ekstremist guruhlar, shuningdek Fathulloh Gulen harakati va DEASh kabi terroristik tashkilotlarga qarshi ayovsiz kurashish, ularga qarshi olib borilayotgan operatsiya natijalari muhokama qilinadi.

Ta’kidlanganidek, Turkiya Respublikasining eng asosiy vazifalaridan biri shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta'minlash bo'lib kelgan.

Aynan shuning uchun ham Turkiyaning milliy xavfsizlik masalalari mamlakatning ichki va tashqi siyosatining eng ustuvor yo'nalishi etib belgilangan.

Xalqaro terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, narkotik moddalar va qurol-aslaha vositalarining noqonuniy savdosi kabi transmilliy tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda ushbu vazifalarga alohida e'tibor qaratish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.



Aloqador xabarlar