Turkiya Indoneziyada yuz bergan terror hujmini qoraladi

Turkiya Indoneziyada cherkovni nishonga olgan terror hujmini qoraladi.

1610215
Turkiya Indoneziyada yuz bergan terror hujmini qoraladi

Turkiya Indoneziyada cherkovni nishonga olgan terror hujmini qoraladi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Indoneziyaning Janubiy Sulavesi viloyatining Makassar shahrida cherkovga qarshi qo‘l urilgan va kamida 20 kishining sog‘ligiga zomin bo‘lgan terror hujmi haqidagi xabarning chuqur qayg‘u bilan olingani qayd etildi.

Bayonotda,

“Terrorga qarshi uzoq vaqtgacha kurashgan va ko‘plab fuqarosi terror qurboniga aylangan bir davlat sifatida bu dahshatli hujumni keskin qoralaymiz. Hujumda tan jarohati olganlarga tezlik bilan shifo tilaymiz. Shu orqali do‘st va qardosh Indoneziya xalqi va hukumati bilan birdamlik ichida ekanimizni ta’kidlashni xohlaymiz”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Indoneziyaning Janubiy Sulavesi Milliy Politsiya idorasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassisi E Zuplan mavzu haqida bergan bayonotida, voqeaning ilk tekshiruv natijalariga tayangan holda, xudkushlik hujmi ekanini ma’lum qilgandi.

Makassar shahar hokimi Muhammad Ramadhan Pomanto, cherkovni nishonga olgan hujumda cherkovning ichidagilar ahvolining yaxshi ekanini bildirgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Indoneziya , #terror hujmi

Aloqador xabarlar