Erdo‘g‘an: Covid-19ga qarshi emlanish jarayonining may - iyun oylarida tamomlanishidan umidvormiz

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda jurnalistlar savoliga javob berdi.

1609153
Erdo‘g‘an: Covid-19ga qarshi emlanish jarayonining may - iyun oylarida tamomlanishidan umidvormiz

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi emlanish jarayonini may - iyun oylarida tamomlash va yoz mavsumiga tinch kirish umidida ekanliklarini qayd etdi.

 Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda jurnalistlar savoliga javob berdi.

Unda Covid - 19 ga qarshi davom etgan emlash jarayoniga to‘xtalgan Erdo‘g‘an,

“May - iyun oylarida bu jarayon tamomlansin degan umiddamiz”. - dedi.

O‘z so‘zida Xitoydan olingan yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi vaksinaga to‘talgan Erdo‘g‘an, xarid qilingan vaksinalardan boshqa vaksinalarning sal kechikkani va buning Xitoy tomoniga yetkazilganini ma’lum qildi.

Germaniyadan 1 million 400 ming vaksina olib kelinganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“Uning ham hammasi (10 million) qo‘limizga tegadi. Shu bilan birga Rossiya bilan uchrashuvlarimiz davom etmoqda. Rossiyadan keladigan vaksinalar ham bizni hotirjam qiladi. Bu jarayonda vaksinani insonlar uchun eng samarali manbaa sifatida baholayapmiz. Mahalliy vaksina faoliyatlarimizdek dori faoliyatlarimiz ham mahalliy olaroq davom etmoqda”. - deya gapirdi.

Kiprning grek qismi yetakchiligi mas’uliyatidagi jome’ masjidiga qarshi qo‘l urilgan hujumni ham baholagan Erdo‘g‘an,

“Afsuski greklar bunday harakatlarga har doim qo‘l urmoqda. Buning Yevropa ittifoqi sammiti davrida sodir etilishi esa ig‘vogarchilikdan boshqa narsa emasdir”. - dedi.

Erdo‘g‘an, Turkiyaning Istanbul shartnomasidan chiqishi haqida,

“Prezidentlik apparati tashlagan qadam, butunlay qonuniydir va bu qadam orqali ham o‘z yo‘lini davom ettiradi. Qarorimiz qat’iydir. Qanday kirsak huddi shunday chiqamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar