Prezident Erdo‘g‘an: “Ertangi Turkiya, yoshlar yelkasida qad rostlaydi”.

Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada partiyasining Yoshlar qanotining navbatdagi (oltinchi) kongressida nutq so‘zladi.

1601712
Prezident Erdo‘g‘an: “Ertangi Turkiya, yoshlar yelkasida qad rostlaydi”.

Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdo‘g‘an buyuk va kuchli Turkiyaning me’mori bo‘lgan yoshlarga ishonchi komil ekanini qayd etdi.

Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada partiyasining Yoshlar qanotining navbatdagi (oltinchi) kongressida so‘zlagan nutqida yoshlarga xitob etgan holda,

“Siz, siyosiy partiyalardan birining yoshlar qanoti bo‘lishdan tashqari kelajakning, buyuk va kuchli Turkiyaning yetakchilari, merosxo‘rlarisiz. Quddusda, Kut - al Amarada siz bor edingiz. Bolqonlarda, Chanoqqal’ada, Galichyada siz bor edingiz. Sakariyada, Dumlupinarda, Izmirda siz bor edingiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident, yoshlarning har tarmoqda Turkiya kuchiga - kuh qo‘shganini ham ifoda etgan holda,

“Bo‘lg‘inchilarga qarshi birligimiz, to‘ntarishchilarga qarshi inshoo va jonlantirish harakatimiz ta’minotisiz. Ertangi Turkiya, sizlarning yelkangizda qad rostlaydi. Mamlakatning kelajagini o‘z kelajagi oldiga qo‘ygan siz yoshlar bor ekan, Turkiyaning qutlug‘ qadamlarini hechkim to‘xtatolmaydi”. - dedi.

 



Aloqador xabarlar