Chavusho‘g‘lu: “Ko‘rfazda normallashishni qo‘llab - quvvatlashni davom etamiz”.

Mevlut Chavusho‘g‘lu Qatarda Bosh vazir o‘rinbosari va Tashqi Ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurahmon al - Soniy bilan uchrashdi.

1599556
Chavusho‘g‘lu: “Ko‘rfazda normallashishni qo‘llab - quvvatlashni davom etamiz”.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Qatarga borar ekan u yerda Bosh vazir o‘rinbosari va Tashqi Ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurahmon al - Soniy bilan uchrashdi.

Chavusho‘g‘lu mavzu haqida Twitterda qoldirgan postida, Dohada uchrashuv o‘tkazgan qatarlik kasbdoshi bilan bir oyda ikkinchi marotaba uchrashib turganliklariga e’tibor qaratdi.

Uchrashuvda o‘zaro munosabatlar va mintaqaviy mavzularni qo‘lga olganliklarini qayd etgan Chavusho‘g‘lu, “Ko‘rfazda normallashishni qo‘llab - quvvatlashni davom etamiz”. - dedi.

Chavusho‘g‘lu Turkiyaning Qatar bilan bo‘lgan hamkorligining har tarmoqda ortgan ravishda davom etishini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar