Chavusho‘g‘lu: “Turkiya, O‘zbekistonning islohot jarayonini qo‘llab - quvvatlashni davom etadi”.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Tashqi Ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan Strategik rivojlanish gurugi yig‘ilishini o‘tkazib ortidan, mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1597787
Chavusho‘g‘lu: “Turkiya, O‘zbekistonning islohot jarayonini qo‘llab - quvvatlashni davom etadi”.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Turkiyaning, O‘zbekistonning islohot jarayonini qo‘llab - quvvatlashni davom etishini  bildirdi.

O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi chog‘ida Chavusho‘g‘lu, Tashqi Ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan ikkala mamlakat tashqi ishlar vazirligi hay’atlararo uchrashuvida ishtirok etdi.

Ortidan ikkala vazir Strategik rivojlanish gurugi yig‘ilishini o‘tkazib, mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Chavusho‘g‘lu va Kamilov unda, ikkala mamlakat o‘rtasidagi shartnomalarga qo‘l qo‘ydi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu anjumanda so‘zlagan nutqida, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi birinchi sammitda qabul qilingan qarorlar va qo‘l qo‘yilgan shartnomalarning yo‘lga qo‘yilishi masalasini ko‘rib chiqqanini belgilab o‘tgan holda, ikkinchi sammit tayyorgarliklarining boshlatilganini bildirdi.

Kelasi jarayonda ayniqsa tijoratni orttirish uchun imtiyozli shartnomaga qo‘l qo‘yish istagida ekanliklarini qayd etgan Chavusho‘g‘lu, transport aloqalarining mustahkamlanishi, mudofaa sanaoti, harbiy va xavfsizlik masalalari, ta’lim va madaniyat hamkorligi va munosabatlarining boshqa jihatlarini qo‘lga olganliklarini ifoda etgan holda,

“Muhtaram (O‘zbekiston) Prezident Mirziyoyevning hamkorligidagi islohot jarayonini qo‘llab - quvvatlashni davom etamiz”. - dedi.

Kamilov bilan mintaqaviy va xalqaro masalalarni ham qo‘lga olganliklarini qayd etgan Chavusho‘g‘lu, ikki o‘lka o‘rtasidagi uchrashuvlarning bu yil ortishini va munosabatlarning yana - da mustahkam tus olishini qayd etdi.

Kamilov ham uchrashuvlarning o‘zaro hamkorlikning rivojlantirilishi, mintaqaviy va xalqaro masalalar, Birlashgan Millatlar, Islom Hamkorlik tashkiloti va Turk kengashi doirasidagi munosabatlarning mustahkamlanishiga qaratilgan mavzularda tomonlar munosabatining o‘xshashligini yana bir bor ko‘rsatganini bildirdi.

Kamilov, Oliy darajadagi hamkorlik kengashi ikkinchi yig‘ilishining o‘tkazilishi maqsadida Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘anni bu yil O‘zbekistonga taklif qilganliklarini ta’kidladi.

Kamilov dunyodagi oliy siyosiy, iqtisodiy va madaniy imkonga ega bo‘lgan Turkiyani, xalqaro arenadagi strategik sherik sifatida yuqori baholaganliklarini qayd etdi.

Chavusho‘g‘lu tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi. Ortidan esa Bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov bilan uchrashuv o‘tkazadi.

 



Aloqador xabarlar