Turkiyada Covid-19 ga qarshi emlanganlar soni 10 milliondan oshdi

Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid-19) ga qarshi emlanganlar soni 10 milliondan oshdi.

1597090
Turkiyada Covid-19 ga qarshi emlanganlar soni 10 milliondan oshdi

Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurash doirasida vaksinaning birinchi va ikkinchi dozasini qabul qilganlar soni 10 milliondan oshdi.  

Sog‘likni Saqlash vazirligining "https://covid19asi.saglik.gov.tr" adresida o‘rin olgan ma’lumotga ko‘ra, vaksinaning birinchi dozasini qabul qilganlar soni 7 million 570 ming 595 nafar bo‘lgan.

Vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qilganlar soni esa 2 million 442 ming 353 kishini tashkil etar ekan jami emlanganlar soni 10 million 12 ming 948 nafarga yetgan.

Vaksinaning birinchi va ikkinchi dozasini qabul qilganlar soni mamlakatning 3 ta yirik shahrida shu jumladan Istanbulda 1 million 589 ming 160, Anqarada 823 ming 160, Izmirda esa 669 ming 449 nafar.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #vaksina , #Covid-19

Aloqador xabarlar