Mehmet Nuri Erso’y Ozarbayjon madaniyat vaziri Anar Karimov bilan uchrashdi

Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasida madaniyat va san'at sohasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish to’g’risida protokol imzolandi.

1593574
Mehmet Nuri Erso’y Ozarbayjon madaniyat vaziri Anar Karimov bilan uchrashdi

 

Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso’y rasmiy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Ozarbayjon madaniyat vaziri Anar Karimov bilan uchrashdi.

Tashrif doirasida Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida 1-Madaniyat qo’shma komissiyasi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishdan so’ng, Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasida san’at va madaniyat sohasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish to’g’risida protokol imzolash marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda ma’ruza qilgan Mehmet Nuri Erso’y yig’ilish samarali o’tganini bildirib, eng yaqin kunlarda Ozarbayjonga rasmiy ziyorat amalga oshirishini ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida imzolanadigan hamkorlik protokoli bundan buyon qardosh mamlakatlar o’rtasida amalga oshiriladigan madaniy loyihalar jihatidan o’ta samarali bo’lishini tilga oldi.

Ozarbayjon madaniyat vaziri Anar Karimov ham Turkiyaga tashrif buyurganidan bahtiyor ekanligini tilga olib, ushbu tashrif ikki qardosh davlat o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash yo’lida katta ahamiyat kasb etishini bildirdi.

Ma’ruzalardan so’ng, Mehmet Nuri Erso’y bilan Anar Karimov Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida san’at va madaniyat sohasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish to’g’risidagi protokolga imzo chekdi.


Tanlangan kalimalar: #Anar Karimov , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar