Turkiya, Niderlandiya vakillar palatasining 1915-yilgi voqealar haqidagi qaroriga munosabat bildirdi

Turkiya, Niderlandiya vakillar palatasining Niderlandiya hukumatini, “1915 - yilgi voqealarni genotsid deb tan olish” ga chaqirgan qaroriga munosabat bildirdi.

1591176
Turkiya, Niderlandiya vakillar palatasining 1915-yilgi voqealar haqidagi qaroriga munosabat bildirdi

Turkiya, Niderlandiya vakillar palatasining Niderlandiya hukumatini, “1915 - yilgi voqealarni genotsid deb tan olish” ga chaqirgan qaroriga munosabat bildirdi.

Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, Niderlandiya vakillar palatasida kecha qabul qilingan qaror haqidagi savolga yozma ravishda javob berdi.

“Bugun (25 - fevral) Niderlandiya vakillar palatasida qabul qilingan va hukumatni 1915 - yilgi voqealarni genotsid deb tan olishga chaqirgan qaror, hukumsiz tashabbusdir”. - degan ifodalarga o‘rin bergan Aksoy,

“Parlamentlar tarixni qalamga olish va sud qilish makoni emasdir. Bu qarorga qo‘shilganlar 1915 - yili aslida nimalar bo‘lganini izlashtirish o‘rniga, ovoz ketidan yugirmoqdalar”. - dedi.  

Nomi tilga olingan qarorga qo‘l qo‘yganlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 - yilgi Genotsid jinoyatining oldini olish va uni jazolantirish shartnomasi bilan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa Sudi qarorlarini ko‘rib chiqishga chaqirgan Hami Aksoy o‘z bayonotida,

“Tarixiy bir masalaning yaxshiroq anglashilishiga qaratilgan say - harakatlarni qo‘llab - quvvatlashga chaqiramiz. Armaniston tomonidan javob berilmagan Mushtarak tarix komissiyasi tashkil etilishi haqidagi taklifimiz bu say - harakatlar orasida eng yuqori o‘rinda”. - dedi.

Niderlandiya hukumatining huquq ustivorligini kuzatgan munosabatda bo‘lishini kutganliklarini ta’kidlagan Aksoy so‘zlari yakunida, Niderlandiya vakillar palatasining haqiqatdan uzoq Turkiyaga qarshi qarorlar qabul qilish o‘rniga, o‘z vaqtini borgan - sari avj olgan va hatto Niderlandiyada yashagan turklar ham har kuni dush kelgan irqchilik, islom va chet elliklarga bo‘lgan dushmanlikka qarshi kurashishga ajratishi to‘g‘riroq bo‘lishini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar