Erdo‘g‘an: Ayollar mehri va sabri bilan aylanib - o‘rgilmagan oilaning tarqab ketishi tabiiydir

Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaning aholi soni kamayishi borasida Yevropa bilan bir xil oqibatga duch kelishiga ruxsat bermasliklarini qayd etdi.

1587027
Erdo‘g‘an: Ayollar mehri va sabri bilan aylanib - o‘rgilmagan oilaning tarqab ketishi tabiiydir

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyaning aholi soni kamayishi borasida Yevropa bilan bir xil oqibatga duch kelishiga ruxsat bermasliklarini qayd etdi.

Erdo‘g‘an railik vazifasini o‘z zimmasiga olgan Adolat va taraqqiyot partiyasining poytaxtdagi qarorgohidan, partiyasining 7 ta viloyatdagi ayollar guruhi yig‘ilishida (onlian tarzda) ishtirok etdi.

Unda Erdo‘g‘an oilaning ahamiyati va aholi sonining ortish tezligiga to‘xtalar ekan o‘z nutqida, Turkiyaning aholi sonining ortish tezligining deyarli teng yarimga qisqarganini, bu ketishda yaqinda aholi sonining kamaya boshlashi mumkinligini ifoda etdi.  

Yevropa davlatlarining bu xavfga qarshi anchadan beri kurashib kelganini yodga solgan Prezident,

“Turkiyaning huddi shu oqibatga duch kelishiga ruxsat bermaymiz. Bu ish pul bilan emas, oilani asrash bilangina amalga oshishi mumkin. Shunday ekan ayollar mehri va sabri bilan aylanib - o‘rgilmagan oilaning tarqab ketishi tabiiy holdir. G‘arbdagi oilaning cho‘kishi, ayolni metallashtirish orqali bu muqaddas vazifadan uzoqlashtirilishi bilan boshladi”. - deya gapirdi.  



Aloqador xabarlar