Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar Jozep Borrel bilan muloqot qildi

Ma'lumotga ko'ra, prezident Ersin Tatarga qo’ng’iroq qilgan Jozep Borrel 19 fevralda Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga amalga oshirishi rejalangan rasmiy ziyoratni 4-5 mart kunlariga ko’chirish taklifini ilgari surgan.

1585390
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar Jozep Borrel bilan muloqot qildi

 

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar Yevroittifoqning tashqi aloqalar va xavfsizlik bo’yicha vakili hamda Yevrokomissiya rahbari Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, prezident Ersin Tatarga qo’ng’iroq qilgan Jozep Borrel 19 fevralda Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga amalga oshirishi rejalangan rasmiy ziyoratni 4-5 mart kunlariga ko’chirish taklifini ilgari surgan.

Shuningdek, suhbat chog’ida ahamiyatga molik dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashilgan.

Rum matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Borrel Shimoliy Kipr Rum boshqaruvi yetakchisi Nikos Anastasiadis bilan ham telefon orqali muloqot qilgan.



Aloqador xabarlar