Istanbul, Xalqaro bolalar saratoniga qarshi kurash kuniga e’tibor qaratmoqda

15 - fevral Xalqaro bolalar saratoniga qarshi kurash kuni

1584558
Istanbul, Xalqaro bolalar saratoniga qarshi kurash kuniga e’tibor qaratmoqda

Istanbuldagi Fatih Sultan Mehmet va Yavuz Sultan Selim ko‘priklari 15 - fevral Xalqaro bolalar saratoniga qarshi kurash kuniga e’tibor qaratish maqsadida sariq rang bilan yoritildi.

Har yili 15 - fevralda bolalikda paydo bo‘ladigan saraton kasalliklari va erta tashxis qo‘yishning ahamiyatiga e’tibor qaratish maqsadida Xalqaro bolalar saratoniga qarshi kurash kuni doirasida ko‘plab tushintirish faoliyatlari olib borilmoqda.

Shu doirada muhim kunlarda rang va yorug‘lik namoyishlari bilan bezalgan Istanbulning ramziy nuqtalaridan Fatih Sultan Mehmet va Yavuz Sultan Selim ko‘priklari bu gal Xalqaro bolalar saratoniga qarshi kurash kuniga ataldi.

Ikkala ko‘prikdagi yoritish faoliyatlari ham bir hafta davom etadi.



Aloqador xabarlar