Vitse-prezident Fuat O'ktay Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga safar qiladi

Fuat O'ktay tashrifi doirasida mamlakat prezidenti Ersin Tatar tomonidan qabul qilinadi. Shuningdek, bosh vazir Ersan Saner va parlament raisi O'nder Sennarog'li bilan uchrashadi.

1578894
Vitse-prezident Fuat O'ktay Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga safar qiladi

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay 10 fevral kuni ikki kunlik rasmiy tashrif munosabati bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga safar qiladi.

Fuat O'ktay tashrifi doirasida mamlakat prezidenti Ersin Tatar tomonidan qabul qilinadi. Shuningdek, bosh vazir Ersan Saner va parlament raisi O'nder Sennarog'li bilan uchrashadi.

Vitse-prezident Fuat O'ktay Turkiya bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o'rtasidagi moliyaviy hamkorlik protokoli muzokaralarida ishtirok etadi. Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o'rtasida qator shartnomalar imzolanadi.

Vitse-prezident Fuat O'ktayga Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Odil Karaismailog'li, prezident huzuridagi Telekommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun va Raqamli transformatsiya idorasi rahbari Ali Taha Koch hamroglik qiladi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar