Preziden Erdo‘g‘an AQSh, YI va Makronga e’tiroz bildirdi

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda joylashgan Bog‘o‘zichi (Boğaziçi) nomidagi universitetda yuz bergan voqealar ustidan Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropa ittifoqi munosabatiga e’tiroz bildirdi.

1578081
Preziden Erdo‘g‘an AQSh, YI va Makronga e’tiroz bildirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Istanbulda joylashgan Bog‘o‘zichi (Boğaziçi) nomidagi universitetda yuz bergan voqealar ustidan Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropa ittifoqi munosabatiga e’tiroz bildirdi.

Unda, mamlakatdagi universitetlarga AQSh bilan Yevropa ittifoqining xohlaganidek aralasha olmasligi ifoda etildi. Ortidan Amerikaga saylovoldida yuz bergan voqealar eslatilib, undan demokratiya uchun uyalish kerakligi qayd etildi. Voqealarda hammaning bir - birini qanday tahdid etgani va irqchilikning avj olgani yodga solindi. Qora tanli fuqarolarini politsiya xodimlarining qanday o‘ldirgani va buni dunyoga qanday izoh etishlari so‘raldi.   

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda matbuot a’zolarining kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi.  

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning ham boshqa tomondan aralashayotganini belgilab o‘tgan Prezident, Makronning avvalom bor sariq nimchalilar masalasini hal qilishi kerakligini bildirdi. Bugungi kunda sariq nimchali fuqarolarining ko‘chalarda ekanini eslatgan Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an Makrondan, avvalom bor ana shu muammolarni hal qilishini talab qildi. Turkiyada unday muammo yo‘qligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an ular maqsadining Turkiya tinchligini buzish ekanini ifoda etdi.  



Aloqador xabarlar