Turkiya, Yangi START muddatining uzaytirilishini xursandchilik bilan qarshi oldi

Turkiya AQSh bilan Rossiya o‘rtasidagi Yangi strategik qurollarni kamaytirish shartnomasining (Yangi START) uzaytirilishi masalasini xursandchilik bilan qarshi oldi.

1576892
Turkiya, Yangi START muddatining uzaytirilishini xursandchilik bilan qarshi oldi

Turkiya Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan Rossiya o‘rtasidagi Yangi strategik qurollarni kamaytirish shartnomasining (Yangi START) yana 5 yilga uzaytirilishi masalasini xursandchilik bilan qarshi oldi.

Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, AQSh va Rossiyaning Yangi START shartnomasini 5 yilga uzaytirish haqidagi savolga yozma ravishda javob berdi.

Unda, “AQSh va Rossiya Federatsiyasining o‘z kuchini 2021 - yilning 5 - fevralida yo‘qotuvchi Yangi STARTning 5 yilga uzaytirilishi haqidagi qarorini xursandchilik bilan qarshi olib, qo‘llab - quvvatlaymiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Aksoyning ta’kidlashicha, AQSh va Rossiyaning yadroviy kuchlarini cheklagan Yangi START shartnomasi ikki o‘lka o‘rtasidagi strategik barqarorlikni ta’minlagan amaldagi oxirgi shartnomasi bo‘lishi jihatidan global ahamiyatga ega.

“Tashlangan bu muhim qadamning, qurollarning nazorat qilinishi rejimini kuchaytirishi va global xavfsizlikka qarshi sinovlar orqali kurashga hissa qo‘shishini tilaymiz”. - deya tamomladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yangi START

Aloqador xabarlar