Turkiya bilan Germaniya mudofaa va xavfsizlik tarmog‘ida konkret qadamlar tashlaydi

Hulusİ Akar, kecha Germaniya Mudofaa vaziri Annegret Kramp Karrenbauer bilan uyushtirgan uchrashuvini baholadi.

1576634
Turkiya bilan Germaniya mudofaa va xavfsizlik tarmog‘ida konkret qadamlar tashlaydi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar kelajakda Germaniya bilan mudofaa va xavfsizlik tarmog‘ida konkret qadamlar tashlash niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Kecha Germaniya Mudofaa vaziri Annegret Kramp Karrenbauer bilan uyushtirgan uchrashuvini baholagan Akar, uchrashuv yakunida bir necha mavzuda bir xil ko‘z qarashlarga ega ekanliklarini katta xursandchilik bilan kuzatganliklarini belgilab o‘tgan holda,

“Kelajakda ayniqsa mudofaa va xavfsizlik tarmog‘ida ba’zi konkret qadamlar tashlanadigandek. Germaniya bilan Turk Qurolli kuchlarining ehtiyoji bo‘lgan ba’zi qurol tizimlari, asbob - uskunalar, ehtiyoj qismlar masalasida tig‘iz hamkorligimiz bor. Kelasi davrda shu ma’noda ijobiy tusda yangiliklar yuz berishini kutyapmiz”. - deya gapirdi.

Akar, Turkiyaning Uchuvchisiz havo vositalari (UHV) ishlab chiqarishda muhim nuqtaga yetib kelganini ta’kidlagan holda,

“UHV masalasi doxil bir necha mavzuda hamkorlik qilish yo‘li bilan faoliyatlarimizni davom ettira olishimizni ifoda ettik”. - deya gapirdi.

Turkiya va Gretsiyaning harbiy hay’atlari o‘rtasida NATO qarorgohidagi yig‘ilishlarga ham to‘xtalgan Hulusi Akar, bugungacha 8 yig‘ilish uyushtirilganini yodga solgan holda, bularning davom etishini kutganliklarini bildirdi.

Ikkala mamlakat o‘rtasidagi uchrashuvlarning Istanbulda bo‘lib o‘tganini ham yodga solgan Akar, ishonch orttiruvchi chora - tadbirlar doirasida ham ikkitasi Afinada, biri Anqarada jami 3 yig‘ilish o‘tkazilganini ifoda etdi va bu haqida:

“Buning to‘rtinchisi uchun ham mezbonlik qilishga tayyor ekanimizni tegishli tomonga yetkazdik. Yig‘ilishlarning davom etishi jihatidan grek qo‘shnilarimizning Anqaraga tashrif qilishlarini kutyapmiz. Bu yig‘ilishlarda muloqatni davom ettirish yo‘li bilan Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi muammolarni siyosiy va tinchlik yo‘li bilan hal qilishdan umidvormiz. Buni qo‘llab - quvvatlaymiz. Buning uchun kerakli hissani qo‘shishga tayyor ekanimizni hammaning bilishini xohlaymiz”. - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar