“Bahor qalqoni” harbiy amaliyotida xizmat qilgan turk askar halok bo'ldi

“Suriyada “Bahor qalqoni” amaliyoti o’tkazilgan hududda 2021 yil 31 yanvar kuni jangarilar hujumida og’ir yaralangan qahramon turk askari shifokorlarning barcha urinishiga qaramay, 2 fevral kuni Hatay davlat shifoxonasida vafot etdi”,-deyiladi bayonotda.

1576542
“Bahor qalqoni” harbiy amaliyotida xizmat qilgan turk askar halok bo'ldi

 

Suriyada “Bahor qalqoni” harbiy amaliyoti o’tkazilgan hududda jangarilar hujumiga uchragan turk askar halok bo’ldi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Suriyada “Bahor qalqoni” harbiy amaliyoti o’tkazilgan hududda 2021 yil 31 yanvar kuni jangarilar hujumida og’ir yaralangan qahramon turk askarimiz shifokorlarning barcha urinishiga qaramay, 2 fevral kuni Hatay davlat shifoxonasida vafot etdi”,-deyiladi bayonotda.

Turkiya milliy mudofaa vazirligi halok bo’lgan askarning oilasiga, shuningdek Turkiya qurolli kuchlari va turk xalqiga hamdardlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bahor qalqoni , #Suriya

Aloqador xabarlar