Mevlut Chavusho‘g‘lu ShKTRga ikki kunlik tashrif uyushtirdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu ShKTRga bo‘lgan ikki kunlik tashrifi chog‘ida Jumhuriyat majlisi raisi O‘nder Sennaro‘g‘lu va Bosh vazir Ersan Saner tomonidan alohida - alohida qabul qilindi.

1575464
Mevlut Chavusho‘g‘lu ShKTRga ikki kunlik tashrif uyushtirdi

Mevlut Chavusho‘g‘lu avvalom bor Jumhuriyat majlisi raisi Sennaro‘g‘lu bilan uchrashdi.

Chavusho‘g‘lu Kipr masalasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Turkiyaning taklifiga binoan uyushtirilayotgan 5 + 1 norasmiy yig‘ilish say - harakatlarining jadal tus olganini yodga solgan holda, “Kipr Turk xalqining manfaatlari bo‘yicha bu muzokara jarayonida nimalar qilishimiz kerakligi va qanday qadam tashlashimizni bu yerda Prezident Ersin Tatar bosh bo‘lish bilan birga Tashqi Ishlar vaziri Tahsin Ertug‘rulo‘g‘lu va boshqa muzokara hay’atidagi do‘stlar bilan birgalikda baholaymiz”. - dedi.

Sennaro‘g‘lu esa,

“Muammoni hal qilish yo‘lida turk tomoni sifatida bizni xursand qilgan va biz uchun eng muhim va qizil chizig‘imiz, Turkiyaning samarali va haqiqiy kafilligidir. Bu vaziyat xalqimizga katta ishonch baxsh etmoqtadir”. - deya gapirdi.

Chavusho‘g‘lu Bosh vazir Saner bilan bo‘lgan uchrashuvida ham yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi kurashda qo‘lga kiritgan muvaffaqiyati uchun shaxsini tabriklab,

“Kelasi jarayonda bu yerda emlanishi kerak bo‘lgan hammaning emlanishi uchun kerakli, yetarli vaksinani ham Turkiyaga kelganda ShKTRga ham jo‘natamiz. Kipr Turk xalqini bu ma’noda ham yolg‘iz qo‘ymaymiz”. - dedi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Tashqi Ishlar vaziri Tahsin Ertug‘rulo‘g‘lu bilan ham uchrashdi.


Tanlangan kalimalar: #ShKTR , #Mevlut Chavusho‘g‘lu

Aloqador xabarlar