Hujumga uchragan “Mozart” kemasini yo‘qlagan guruh Gabonga yetib bordi
Gvineya ko‘rfazida hujumga uchragan “Mozart” kemasini yo‘qlagan guruh Gabonga yetib bordi.

Gvineya ko‘rfazida hujumga uchragan “Mozart” kemasining shirkat yetakchilari va kemachilardan tashkil topgan 22 kishilik yordamchi guruh, Gabonga yetib bordi.
Turkiyaning Librevil elchixonasining Twitter hisobi orqali berilgan bayonotga ko‘ra, Gabonga yetib borgan 22 kishilik guruh, elchi Nilufer Erdem Kaygisiz tomonidan kutib olingan.
Bayonotda guruhning bugun kema langar tashlagan Gentil portiga borib, kemaga chiqisihi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz:
Liberiya bayrog‘i ilingan va “Mozart” deb nomlangan kema 23 - yanvar kuni Nigeriyaning Lagos shahri qirg‘og‘idan qariyb 180 mil uzoqlikda dengiz qaroqchilari tomonidan hujumga uchradi.
Nigeriyaning Lagos shahridan Janubiy Afrikaning Keyptaun shahriga qarab yo‘l olgan kemadagi 19 kishilik ekipajdan ozarbayjonlik bir kishi o‘ldirilar ekan, 15 kishi og‘irlandi.
Kema omon qolgan 3 ekipaji bilan Gabonning Gentil portida langar tashlagandi.
Aloqador xabarlar

Turkiyada Covid - 19 dan oxirgi 24 soatda 64 o'lim holati qayd etildi
Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) dan oxirgi 24 soatda 64 o'lim holati qayd etildi