Turkiyada 1 mln 200 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

Turkiyada 14 yanvarda boshlangan koronavirusga qarshi emlash qizg’in davom etmoqda. Shu kungacha 1 mln 200 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi. Ular Xitoy vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan. Ikkinchi dozasi 28 kun o'tgach emlanadi.

1570024
Turkiyada 1 mln 200 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

 

Turkiyada koronavirusga qarshi olingan chora-tadbirlar o’z samarasini bera boshladi. Kunlik virusga chalinish holati tobora pasayib bormoqda. Shu kungacha mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning 80 foizi sog’aydi. Dam olish kunlari joriy etilgan komendantlik soati hamon davom etmoqda.

Mamlakatda 14 yanvarda boshlangan koronavirusga qarshi emlash qizg’in davom etmoqda. Birinchi kuniyoq Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja va 285 ming tibbiyot xodimi emlandi. Ikkinchi kuni prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an emlandi. Turkiyada shu kungacha 1 mln 200 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi.

Ular Xitoy vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan. Ikkinchi dozasi 28 kun o'tgach emlanadi.

Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, Turkiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlashning ikkinchi bosqichiga o‘tildi.

Tibbiyot xodimlaridan so‘ng kecha, 19 yanvar kuni 90 yoshdan kattalar shuningdek, qariyalar va nogironlar uyi xodimlari hamda u yerda yashovchilarni emlash boshlandi.

Turkiyada Xitoyning Sinovac Biotech korporatsiyasi ishlab chiqargan CoronaVac vaksinasi ro‘yxatga olingan bo'lib, Xitoydan 3 mln doza vaksina olib kelingan. Vaksina Turkiyaning 81 viloyatidagi chekka qishloqlargacha tarqatilgan.

Mamlakatda ommaviy emlash 14 yanvarda boshlangandi.


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar