Turkiyada 1 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi
Ular Xitoy vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan. Ikkinchi dozasi 28 kun o'tgach emlanadi. Kecha,19 yanvar kuni 90 yoshdan kattalar shuningdek, qariyalar va nogironlar uyi xodimlari hamda u yerda yashovchilarni emlash boshlandi.

Turkiyada koronavirusga qarshi olingan chora-tadbirlar o’z samarasini bera boshladi. Kunlik virusga chalinish holati tobora pasayib bormoqda. Shu kungacha mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning 80 foizi sog’aydi. Dam olish kunlari joriy etilgan komendantlik soati hamon davom etmoqda.
Mamlakatda 14 yanvarda boshlangan koronavirusga qarshi emlash qizg’in davom etmoqda. Turkiyada shu kungacha 1 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi.
Ular Xitoy vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan. Ikkinchi dozasi 28 kun o'tgach emlanadi.
Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, Turkiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlashning ikkinchi bosqichiga o‘tildi.
Tibbiyot xodimlaridan so‘ng kecha, 19 yanvar kuni 90 yoshdan kattalar shuningdek, qariyalar va nogironlar uyi xodimlari hamda u yerda yashovchilarni emlash boshlandi.
Turkiyada Xitoyning Sinovac Biotech korporatsiyasi ishlab chiqargan CoronaVac vaksinasi ro‘yxatga olingan bo'lib, Xitoydan 3 mln doza vaksina olib kelingan.
Mamlakatda ommaviy emlash 14 yanvarda boshlangandi.
Aloqador xabarlar

Turkiyada Covid - 19 dan oxirgi 24 soatda 64 o'lim holati qayd etildi
Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) dan oxirgi 24 soatda 64 o'lim holati qayd etildi