Akarning Bog‘dodga uyushtirgan tashrifi, mamlakat OAVda keng ko‘lamli o‘rin oldi
Hulusi Akar bilan Yashar Gulerning Bog‘dodga uyushtirgan amaliy tashrifi, mamlakat OAVda keng ko‘lamli o‘rin oldi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab boshqarmasi raisi general Yashar Gulerning Iroq poytaxti Bog‘dodga uyushtirgan amaliy tashrifi, mamlakat ommaviy axborot vositasida keng ko‘lamli o‘rin oldi.
Iroqdagi “Sabah” gazetasining bugungi sonida, “Iroq va Turkiya o‘rtasida mushtarak chegara xavfsizligi shartnomasi” degan sarlavha bilan chop etilgan xabarda, Akar bilan Gulerning Bosh vazir Mustafa al - Kozimiy, Prezident Barham Solih va Mudofaa vaziri Juma Inad bilan bo‘lgan uchrashuvlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mamlakatning nufuzli gazetalaridan “Zaman” esa Akar va Gulerning Bog‘dodga bo‘lgan tashrifini, “Kozimiy, Akarga Iroqdan Turkiyaning barqarorligini nishonga olgan tahdidlarni rad etganliklarini bildirdi”. - degan sarlavha bilan havola etdi.
Iroqning rasmiy axborot agentligi, Iroq Milliy axborot agentligi va “Al - Meda” gazetasi bilan bir qatorda eng ko‘p kuzatilgan axborot saytlaridan ham Akarning mamlakatga bo‘lgan tashrifi haqida ma’lumotlar berildi.
Aloqador xabarlar

Turkiyada Covid-19 dan bugun 62 kishi vafot etdi
Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasidan bugun Turkiyada 62 kishi vafot etdi.

TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda
TQKning terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.