Turkiyada 700 mingdan ortiq tibbiyot xodimi koronavirusga qarshi emlandi

Vaksina birinchi navbatda tibbiyot xodimlari, yuqori xavf guruhiga kiruvchi kishilar jumladan,75 yoshdan kattalar, surunkali kasalliklarga ega bo‘lganlar, so‘ngra 65 yoshdan kattalarga emlanadi.

1565348
Turkiyada 700 mingdan ortiq tibbiyot xodimi koronavirusga qarshi emlandi

 

Turkiyada 700 mingdan ortiq tibbiyot xodimi koronavirusga qarshi emlandi.

Mamlakat bo'ylab 14 yanvarda boshlangan koronavirusga qarshi emlash qizg'in davom etmoqda.

Vaksina birinchi navbatda tibbiyot xodimlari, yuqori xavf guruhiga kiruvchi kishilar jumladan,75 yoshdan kattalar, surunkali kasalliklarga ega bo‘lganlar, so‘ngra 65 yoshdan kattalarga emlanadi.

Koronavirus tarqalishi va kasallanganlar soni ma’lum bir miqdorda pasaya boshlashi bilan mamlakat bo’ylab joriy etilgan karantin cheklovlari asta-sekin yumshatiladi.

Ta'kidlash joizki, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an va sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja 14 yanvar kuni birinchilardan bo’lib koronavirusga qarshi emlandi.

 

Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja barchani koronavirusga qarshi vaksina qabul qilishga chaqirgandi.

“Chunki, bu kasallikdan qutulishning birgina yo’li vaksinadir. Normal hayotimizga qaytishimiz uchun mutlaqo emlanishimiz shart”,-deb ma'lum qilgandi Turkiya sog’liqni saqlash vaziri.

 


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar