Erdo‘g‘an: “Yurtimizni 2023-yilgi maqsadlariga yetkazmay turib, to‘xtash haromdir”.

Erdo‘g‘an, partiyasining navbatdagi Kirshehir, Kirikkale, Yozgat, Sivas viloyat kongresslarida Prezidentlik kulliyasidan jonli efir orqali ishtirok etdi.

1562968
Erdo‘g‘an: “Yurtimizni 2023-yilgi maqsadlariga yetkazmay turib, to‘xtash haromdir”.

Prezident Rajap Tayyip Erdogan Turkiyani 2023 - yilgi maqsadlariga yetkazmay turib toxtash, ikkilanish va bir onni ham bekor otkazish haromligini qayd etdi.

Prezident shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdogan, partiyasining navbatdagi (yettinchi) Kirshehir, Kirikkale, Yozgat, Sivas viloyat kongresslarida Prezidentlik kulliyasidan jonli efir orqali ishtirok etdi.

Unda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi tufayli vaqtinchalik toxtatilgan kongresslarni takror boshlatganliklarini ta’kidlagan Erdogan,

“Maqsadimiz fevral oyining oxirgi kunlarida biz rejalagan Izmir, Anqara va Istanbul kongresslari bilan birgalikda bu jarayonni tamomlashdir”. - dedi.

2023 - yili bolib otadigan parlament va prezidentlik saylovida takror galabaga erishishlarini ifoda etgan Erdogan,

“Yurtimizni (Turkiya Respublikasiga asos solinishining 100 - yilligi) 2023 - yilgi maqsadlariga yetkazmay turib toxtash, ikkilanish va bir onni ham bekorga sarflash haromdir”. - deya gapirdi.

“Bizni na terror tashkilotlarining tubanligi, na alamidan bizga hujum qilganlar oyini, na bizga qarshi tashkillashtirilgan tuzoqlar charchatadi”. - degan Erdogan oz sozida,   

“Hammasining uddasidan chiqdik, chiqamiz”. - degan ifodalarga orin berdi.



Aloqador xabarlar